NURAFSHON MANZILLAR, OBOD KO‘NGILLAR

Chirchiq shahridagi «Kimyogarlar» madaniyat saroyida «Fidoying bo‘l gaymiz seni, O‘zbekis ton!» shiori ostida katta bayram tantanasi bo‘ lib o‘tdi.
Bayramlari o‘ziga yarashgan xalqmiz. Shu kunlarda butun diyorimiz chinakam bayram og‘ushida. Hamisha orziqib kutadigan eng ulug‘, eng aziz bayramimiz shukuhi yurtdoshlarimizni ulkan bunyod korlik, yaratuvchanlik sari boshlamoqda. Binobarin, davlatimiz rahbarining «O‘z bekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma olti yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida»gi Qarorini butun xalqimiz qatori viloyatimiz ahli ham ko‘tarinki kay fiyat, zo‘r quvonch bi lan qarshi oldi.

Bu yilgi bayram tadbirlari «Fidoying bo‘l gaymiz seni, O‘zbekis ton!» degan ezgu g‘oyani o‘zida mujassam etgani qalblarimizni ham sevinch, ham faxru iftixor, ham yurt taqdiri va istiqboli yo‘lidagi daxldorlik tuyg‘ulariga to‘l dirayotgani ayni haqiqat. Shu bois, bugun yurtimizning qay bir go‘shasiga bormang, elim, deb, yurtim deb yonib yashayotgan, bir-biriga mehr ila boqib turgan, qalbi ezgulikka limmo-lim zamondoshlarimizning quvonchiga guvoh bo‘lasiz.

Istiqlolimizning qut lug‘ 26 yillik to‘yini viloyat ahli ham ko‘tarinki ruhda, munosib yutuqlar bilan qarshi olayotir. Buning o‘zgacha sabablari bor, albatta. Qaysi sohani olmang, fidoyi, halol va mehnatsevar zamondoshlarimiz azmu shijoati bilan gullab-yashnamoqda, ravnaq topmoqda.

Tantanali marosim ishtirochilarini viloyat hokimi Shukurullo Boboyev eng ulug‘, eng aziz bayram bilan samimiy qutlar ekan, mamlakatimizning yirik sanoat markazlaridan bo‘lgan vi loyatda Prezidentimiz tashabbusi va rahnamoligida tarixiy yangilanish jarayonlari kechayotgani, bu islohotlar pirovardida, obodlik va farovonlikning mustahkam asosi bo‘lib xizmat qilajagini mamnuniyat bilan ta’kidladi.

Barchamizga yaxshi ayonki, mustaqillik yo‘li – sharaf va mashaqqatlarga to‘la zafar yo‘lidir. Bu yo‘lning shonli ibtidosi va buyuk istiqboli bor! Bu haqda fikr yuritganda, avvalo, dunyoning juda ko‘p mintaqalarida siyosiy nizo va qonli to‘qnashuvlar, manfaatlar kurashi tobora keskin tus olayotgan, kurrai zaminga terrorizm, ekstremizm, giyohvandlik kabi jirkanch illatlar jiddiy xavf solib turgan murakkab va tahlikali bir sharoitda serquyosh diyorimizda tinchlik va osoyishtalik, o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlik muhiti barqaror ekanini katta mamnu niyat va shukronalik bilan tilga olishimiz tabiiydir.

Binobarin, ona O‘zbekistonimiz o‘zining 26 yillik mustaqil taraqqiyot yo‘lida qat’iyat bilan odimlab, dunyodagi sanoqli davlatlar qa torida barqaror rivojlanib borayotgani, xal qimizning hayot sifati va turmush darajasining yaxshilanishi, ongu tafakkurining yuksalishi, xalqaro maydonda Vatanimiz obro‘-e’tiborining oshishi bar chamizga katta faxr-iftixor yetkazadi.

Bundan 26 yil oldin mamlakatimiz Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov o‘zining betimsol jasorati va xal qimizning azmu shijoati bilan O‘zbekistonning davlat mustaqilligini e’lon qilib, milliy davlatchiligimizni, xal qimizning toptalgan qad riyatlarini, dinu diyonatini, oru nomusini tiklash, o‘zligini ang lash, xalqimizning orzu-intilishlariga, milliy manfaatlariga javob beradigan kelajagimizni qurish yo‘lini ochib berganini kelajak avlodlar hamisha minnatdorlik bilan yodga oladi.

Bugun xalqimiz erishgan yutuq va marralarini tahlil qilib, islohotlarning yangi bosqichiga qadam qo‘yar ekanmiz, yutuqlarga mahliyo bo‘lmay, xalqimiz dardu tashvishlarini teranroq anglash, joylarda yechimini kutib yotgan ko‘plab muammo va masalalarga birgalikda yechim izlash har jihatdan to‘g‘ri yo‘ldir. Shu borada davlatimiz rahbari, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning: «Oddiy odamlar bugungi kunda bo‘ layotgan o‘zgarishlarni sezishi kerak. Ular ertaga emas, bugun yaxshi yashashni istaydi. Ularga bugun yaxshi sharoit yaratib berishimiz kerak, ayni kunda barcha amalga oshirayotgan ishlarimizdan ko‘zlangan maqsad-muddao ham shudir», degan da’vati hayotimizning bosh das turilamaliga aylanib ulgurdi.

Binobarin, 2017 yil yurtimizda «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» deb e’lon qilinishi, milliy taraqqiyotimizning eng muhim va ustuvor yo‘nalishlarini o‘zida aks ettirgan Harakatlar strategiya sining hayotga izchil tatbiq etilayotgani, barcha darajadagi rahbarlarning shaxsan mahallalarda bo‘lib, odamlar xonadoniga kirib, mavjud muammolarni joyida hal qilishga intilishi, odamlarimizning dardiga quloq tutishi, xalqimizning ruhini ko‘tarib, ertangi kunga, davlatga, siyosatga ishonchini mustahkamlamoqda.

… Yana muhtasham san’at koshonasining bayramona bezalgan sahnasiga qaytamiz.

Sahna markazidagi ulkan monitorda xalqimiz erishayotgan yutuq va marralar, orzu umidlarimiz ramzlari aks etgan jozibador lavhalar namoyishi ko‘ngillarga ajib bir dilovorlik, shukuh va hayajon baxsh etadi. Shu tobda muhtasham san’at saroyida bayram dasturini miriqib tomosha qilayotganlar o‘z hayrat va hayajonlarini gulduros qarsaklar bilan izhor etadilar. Negaki, monitorda viloyatning rasmiy ma’muriy markazi – obodlik va farovonlikning yangi manziliga aylanayotgan Nurafshon shahrining zamonaviy loyihasi namoyishi boshlanadi…

– Biz bugun shunday bir tarixiy jarayonlarni boshdan kechirayotganimiz bilan har qancha g‘ururlansak, iftixor qilsak arziydi, – deydi bayram tadbirida ishtirok etgan tadbirkorlardan biri, «Do‘stlik» ordeni nishondori Komiljon Qosimov. – Ne baxtki, muhtaram Yurtboshimiz taklifi va tashabbuslari bilan Toshkent viloyati ham o‘zining ma’muriy markaziga ega bo‘ldi. Unga Nurafshon, deb nom berilgani, jannatmonand viloyatimizga Yaratganning nuri, barakasi yog‘ilganining bir daragi, bo‘lsa ajabmas. Bizning aziz go‘shamiz mamlakatimizning eng go‘zal, eng zamonaviy, eng taraqqiy etgan shaharlaridan biriga aylanishiga aslo shak-shubha yo‘q. Mana ko‘rasiz, bir-ikki yil ichida viloyatimiz qiyofasi tubdan o‘zgaradi, yangi, zamonaviy turarjoylar, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish sohalarining ko‘p qavatli, salobatli binolari viloyat markaziga haqiqiy zamonaviy shahar tusini berib, odamlarimizning turmush farovonligi yanada oshadi, hayotimiz bundanda fayzli bo‘ladi.

Biz yuqorida bu yilgi bayramni viloyat ahli o‘zgacha ko‘tarinki kayfiyatda qarshi olmoqda, dedik. Chindan ham shunday. Xabaringiz bor, Prezidentimiz yaqinda viloyatimizning Angren, Olmaliq va Bekobod shaharlariga tashriflari chog‘ida viloyatimiz hayotiga taalluqli bir qancha muhim o‘zgarishlar sari yo‘l ochib berdilar.

Misol uchun, Prezidentimizning Chirchiqda davlat pedagogika institutini ochish, Jismoniy tarbiya oliygohini shu yerga ko‘chirish, Toshkent viloyatida sanoat ishlab chiqarish sohasi uchun yuqori malakali muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirish hamda oliy texnik ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish maqsadida Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialini tashkil etish bo‘yicha qabul qilgan qarorlari viloyatimizga, uning ertangi kuni, farzandlarimiz kelajagiga bo‘lgan juda katta e’tibor va g‘amxo‘rlikdan dalolatdir.

Yoki Prezidentimizning Olmaliqda bo‘lib, iqtisodiyotimizning qon-tomiriga aylangan kon-metallurgiya kombinatida misli ko‘rilmagan yirik hajmdagi loyihaga tamal toshini qo‘yib berganlari, bu yerda yangi ochilgan konga «Yoshlik» koni, deb nom berishni taklif qilganlari, umuman, mazkur kombinatning 2030 yilgacha bo‘lgan davrda rivojlantirish dasturini belgilab berganlari viloyatimiz iqtisodi, odamlarimiz turmush farovonligini oshirish uchun naqadar katta imkoniyatlar yaratishini so‘z bilan ta’riflash mushkul.

Dastur natijasida mis ishlab chiqarish 1,4 barobar, qimmatbaho metallar ishlab chiqarish 33 foizga oshishi, eng muhimi, 10 mingdan ortiq kishining bandligi ta’minlanishi loyihaning ko‘lami va ahamiyatini yaqqol ko‘rsatib turibdi.

Toshkent – Bekobod yo‘nalishida elektrichka qatnovining yo‘lga qo‘yilishi xabari esa odamlarning ilgari hatto xayoliga ham kelmagan yangilik bo‘ldi.

Istiqlolni o‘zining baxti va taqdiri, deb bilgan poytaxt viloyatining mehnatkash aholisi Vatanimizni yanada gullab-yashnashi, mustaqilligimizni yanada mustahkamlash uchun o‘z oldiga qo‘yilgan barcha vazifalarni dadil, mardonavor amalga oshiradilar. Biz bunga, albatta, ishonamiz.

Shu kuni katta bayram dasturida ishtirok etgan san’at ustalari, viloyat badiiy jamoalari va iqtidorli yoshlar, harbiylar va sportchilarning sahnaviy chiqishlarida, ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar, sho‘x-sha’n raqs larda, eng avvalo, xalqimizning ayni bugungi minnatdorlik va daxldorlik kayfiyati aks ettirilgani barchaga manzur bo‘ldi.

Bayram tantanalari, bugungi tinch va dorilamon kunlar ha qidagi dilbar va samimiy gurunglar viloyatning so‘lim go‘shalaridan birida, to‘kin das turxon atrofida davom etdi.

Shu kuni ulug‘ ayyom sharafiga bayram salyuti otildi.

Qobiljon G‘OFUROV,

Nodirbek TOHIROV

2017-10-17T12:41:23+00:00