Olmaliq: «Qulfu dili» ochilgan zamin

Qad va qadriyat

Shunday qilib, yo‘ldamiz – Prezident tashrifidan keyin jondo‘st olmaliqliklar kayfiyatini, boshlanayotgan ulkan qurilish va obodonchilik ishlarini ko‘rish havasi, bundan ham muhimi, ayni ko‘rganlarimizni butun viloyat ahliga yetkazish istagida «Toshkent – O‘sh» magistrali bo‘ylab manzilga shoshamiz. Qo‘limizda esa mazkur tashrif tafsilotlari yoritilgan gazetalar, internet saytlarida bosilgan maqolalarning matni… Garchi, mamlakatimizdagi OAV jarayonni izchillik bilan keng yoritib borgan bo‘lsa-da, baribir viloyat ahli uchun muhim jihatlari, va ziyatni ular tomonidan baholab yozilgan manbaning yo‘qligi qalam tutgan qo‘llarimizga, yozishga shaylangan dillarimizga kayfiyat bag‘ishlaydi. Qolaversa, tashrif shu darajada serqirra va muhim tafsilotlarga boy bo‘ldiki, uni batafsil sharhlash, vatandoshlarimizga yetkazish uchun, joiz bo‘lsa, alohida risola chop etilsa ham arziydi. Chunki, sanoat shahrining istiqboli qanday bo‘lishi haqida berilgan tavsiyalar, takliflar va mulohazalar yurtimizdagi bosh qa ana shunday hududlar uchun ham g‘oyat asqotadigan manba bo‘lur edi…

Mashina so‘lim bog‘-rog‘lar oralab ildam harakatlanar ekan, mo‘’ jaz karnaydan Tosh po‘lat hofizning viqorli, shirador ovozi chor atrofga taralar edi:

Ma’dan shahri – Olmaliq,

Qirchillama yoshinda-yey,

Aynam-ov…

Chindan ham, davlatimiz rahbarining tashrifi nafaqat Olmaliq, balki butun Ohangaron vohasi ahliga yangi hayot, shukuh, orzu qilish imkoniyatini berdi.

Tilimizda «qad», degan so‘z bor. O‘ylab ko‘rilsa, mehrdan, mehnatdan, e’tibor-u g‘am xo‘rlikdan tobora qad rostlayotgan milliy g‘u rurimiz, dunyoqarashimiz, istiqbolimiz ma na shu nurafshon kunlarda, ko‘z o‘ngimizda qadriyatga aylanib borayapti. Bugun vohada tamal toshi qo‘yilgan loyihalar, baralla aytish mumkinki, ertangi kunimizning o‘l mas qadriyatlari bo‘ lib, xalqimiz qalbidan joy oladi – bu ulug‘vor loyihalar hayotimizning mazmuniga, muhim bir bo‘lagiga aylanadi…

Bu kunlar kechagimas…

Olmaliqda aholi va mehnat jamoalari, shaharning faxri, g‘ururi bo‘lgan tashkilot – «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» ishchilari o‘r tasida zo‘r do‘stona sog‘ lom muhit qaror topgan. Bundan bir yillar chamasi muqaddam gazetamizda yozganimizdek: «Bunda bor dir, mehnat, fayz, qadr…»

Olmaliqqa kirib borar ekanmiz, shahar markazida qad rostlagan monument – ishchilar sharafiga o‘rnatilgan muhtasham haykal shahar aholisining turmush sharoiti, kasbu kori haqida ogohlantirayotgandek, «Shoshma, ey yo‘lovchi, ishchilar huzuriga borishga tayyormisan, do‘stim», deyayotgandek bo‘lardi…

Shahar hokimligidamiz. Hokimning qurilish, kommunal soha, sanoat masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Orifjon Ortiqov bizni xushhol kutib oladi.

– Olmaliqliklarning baxti kuldi, do‘stim, – deydi zavqi toshib. – Prezident tashrifidan so‘ng, shaharda hayot yanada jo‘shqin tus oldi. Odamlar bir-birini tabriklab, ertangi yorug‘ istiqbolni quchoq ochib qarshi olayaptilar.

Hazilmi, shu mo‘’jaz shaharchamizda ikkita shifoxona, uchta madaniyat o‘chog‘i, o‘n minglab yangi ish o‘rinlari yaratilayapti… Yoshlarni aytmaysizmi, yoshlarni. Ish bor, o‘qish uchun barcha sharoit yetarli, oliy ma’lumot olish uchun poytaxt ga yugurishga hojat yo‘q, uy bor, xullas, baxt kaliti ularning qo‘llarida…

Ana shunday dilgir suhbatlar asnosida Orifjon Ortiqov bilan birga «Oydin» dehqon bozoriga yo‘l olamiz…

Baxtning kuldi, «Oydin»

Bozor hududiga kirarkanmiz, narx-navo bilan qiziqamiz. Odamlarning gap-so‘zlariga, kayfiyatiga razm solib, nedir o‘ziga xoslik, xosiyat, yozilajak maqolamizga detal axtaramiz. Biroq, xalq qalbining ummonligi, bilimdonligi, soddadilligini ko‘ring – bozor oralab jurnalist yurganini bilgandayoq, ularning o‘zi yonimizga kelib, Prezidentimiz tashrifi bilan bog‘liq taassurotlarini so‘ylay ketdi:

– Shavkat Miromonovich bo zorimizga kirib kelganida, men ularga peshvoz chiqdim, sharoitlarniyu, biz – tadbirkorlarning minnatdorligini yetkazdim…

– Jurnalist uka, meniyam yozing. Prezidentimiz kelib, avvalo, ko‘nglimiz obod bo‘ldi, Qurama vohasida ming yillarki, orzu bo‘lgan jarayon voqelikka ko‘chdi…

– Manavi joyni ko‘rayapsizmi, shuning orqa tomonida 450 savdo shaxobchasiga mo‘ljallangan yangi savdo majmui ishga tushadi…

– O‘rtoq muxbir, «katta»larimizga ayting, Prezidentimizdan o‘rnak olsinlar. Odamlarni tinglashsin, savdogar ahli uchun sharoit degani, mana bundoq bo‘libdi!..

– Shifoxonamizni ko‘rdingizmi? Suv haqida aytganlarini eshitdingizmi? Ish degani mundoq bo‘pti, muxbir bola…

2017-10-17T12:47:45+00:00