TUYOG‘IDAN O‘T CHAQNAGAN ARG‘UMOQLAR

Xalqimiz azal dan otni qadr lab kelgani tarixiy man balar, adabiyotimiz durdonalari va xalq og‘zaki ijodida ko‘p uchraydi. «Ot – yigitning yo‘l do shi», degan naql el orasida mash hur. Ajdodlarimiz far zand lariga ot minish, kurash tushish va suvda suzishni o‘r gatishni o‘zining otalik bur chi, deb bil gani ham ayni haqi qatdir.

Bugungi kunda yilqichilik o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q, albatta. Yurtimizda yilqichilik va ot sportini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani soha rivojiga xizmat qilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 15 iyundagi «O‘zbekiston Respublikasida yilqichilik va ot sportini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qarori soha taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tarishda muhim dasturilamal bo‘layotir.

Ushbu hujjatda yilqichilik va ot sportini ommalashtirish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi avlod chavandozlarini tarbiyalash, milliy ot sportining xal qaro dovrug‘ini oshirish, yoshlar o‘rtasida faol targ‘ibot qilishga urg‘u berilgan. Shuning dek, yil qichilikda nasl chilik ishlarini takomillashtirish yo‘li bilan noyob zotli sport otlari, Qorabayir va Axaltaka nasl dor ot zotlari sonini ko‘paytirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘l gan chora-tadbirlar kompleksi ham alohida belgilangan.

O‘rta Chirchiq tumanidagi «O‘zbegim otlari» zavodida qadimiy ot zotlari, jumladan, Axaltaka, ingliz va arab zotli tulporlarni yetishtirishda zamonaviy usullar qo‘l lanilmoqda, sport va xizmat otlarini parvarishlashda xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalaridan keng foydalanilmoqda.

– Mustaqillikning ilk yillarida ish boshlagan zavodimizda bugungi kunda 300 boshga yaqin uchqur tulpor bor, – deydi «O‘zbegim otlari» MChJ direktori Avaz Ismoilov. – Ular orasida xalqaro musobaqalarda g‘olib bo‘lgan «Yara», «Xonzoda», «Go‘zallik» kabi otlar ham ko‘p. Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyevga Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov tomonidan sovg‘a qilingan «Do‘stxon» laqabli zotdor ot ham shu yerda parvarish qilinmoqda.

140 gektar kenglikda yastangan majmua hududida ot yetishtirish va parvarishlash uchun keng sharoit yaratilgan. Sport otlarini tayyorlash maqsadida maxsus yugurish aylanasi, konkur maydoni ham tashkil etildi. 60 nafar mutaxassis va murabbiylar g‘amxo‘rligida parvarishlanayotgan tulporlar muntazam ravishda veterinar ko‘rigidan o‘tkaziladi, belgilangan tartibda yuvintiriladi va sayr qildiriladi.

– Axaltaka tulporlari 5 ming yildan beri eng zo‘r nasl sifatida qadrlab kelinadi, – deydi tajribali mutaxassis Murod Husanov. – Bu zotli otlar cha yirligi, tezkorligi, chidamliligi bilan odamlar e’tibori va ishonchini qozongan. Tashqi ko‘rinishining chiroyliligi bilan ham boshqa otlardan ajralib turadi. Eng muhimi, Axaltaka otlari quruq hamda issiq iqlimga bardoshli bo‘lib, yangi sharoitga tez va oson moslashadi. Bu arg‘umoqlarning tana tuzilishi va harakatlari chavandozga qi yinchilik tug‘dirmaydi, shuning uchun ulardan konkur va ot yo‘rttirish musobaqalaridan tashqari uchkurash bahslarida ham keng foydalaniladi.

Mamlakatimizda yilqichilik va ot sportini rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar salmog‘i tobora kengaymoqda. Xususan, viloyatimizda «O‘zbegim otlari»dan tashqari yana bir ot zavodi tashkil etiladi. Bo‘stonliq tumanida barpo etiladigan yangi zavodda sport otlarini yetishtirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Albatta, yurtimizda yilqichilik va ot sportini rivojlantirish jarayonida yosh chavandozlarni jalb qilgan holda sport tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish, shuningdek, milliy va xalqaro darajada yil qilar ko‘rgazmalari va auksion savdolarini tashkil etish, yil qichilik bo‘yicha ilmiy kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratiladi.

Zohir TOShXO‘JAYeV,

«Toshkent haqiqati» muxbiri.

2017-10-17T13:37:11+00:00